Jamiyat | 16:00 / 20.04.2019
14610
4 daqiqa o‘qiladi

«10 soatlik og‘ir operatsiyani boshimdan o‘tkazdim». Stanok qo‘lini chaynab ketgan Behruz yaxshilar yordamiga muhtoj

Tahririyatimiz yordamga muhtoj insonlar murojaati sabab xayriya aksiyalari o‘tkazib keladi. Asosiy maqsadimiz insonlarni xayrli ishga birlashtirish va yordamga muhtojlarga yordam qilishdir. Chunki saxovat – inson qadrini bu dunyoda ham, u dunyoda ham aziz qiladi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Ana shunday yordamga muhtoj insonlardan biri Behruz Eshonqulov. Behruz Jizzax viloyati Jizzax shahri Sharof Rashidov ko‘chasida istiqomat qiladi. Behruz oilasini boqish uchun turli joylarda yollanma ishchi bo‘lib ishlaydi. Halol mehnat qilib, topgan oyligiga oilasi bilan kun o‘tkazgan. Shunday kunlarning birida Behruzning chap qo‘li stanok ichiga kirib ketadi hamda og‘ir jarohat oladi. Do‘stlari shifoxonaga olib borganda, Behruz o‘zida bo‘lmaydi. 10 soatlik og‘ir operatsiyani boshidan o‘tkazadi. Operatsiyadan so‘ng qo‘li yiringlab, unga azob bera boshlaydi. Bir necha yillardan beri Behruz shu azobda kun kechirmoqda. Hozirda chap qo‘lini yana zudlik bilan operatsiya qilish zarur. Behruzning ta'kidlashicha, operatsiyaga 10 million atrofida mablag‘ zarur. Lekin oilaviy sharoiti bu mablag‘ni topishga imkoni yo‘q. Baxsiz hodisa sababli o‘zi ham bir necha yillardan beri ishlolmaydi. shuning uchun yordam so‘rab xalqimizga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Aziz va saxovatpesha yurtdoshlar! Bugun bir hayot sinoviga uchragan inson sizning e'tibor va yordamingizga muhtoj. Behruzbekka xalqimizdan ozgina madad zarur. Qo‘llari shifo topsa halol mehnat qilib, xayrli ishlarga Behruz ham hissa qo‘shmoqchi. Imkoniyatimiz yetgunicha, qo‘limizdan kelgunicha ham moddiy, ham ma'naviy qo‘llab quvvatlaylik. Qilgan ehsonlaringiz Alloh dargohida qabul bo‘lib, oxiratda yo‘lingizni yoritsin. Yaxshilik qilishdan charchamang, azizlar!  

Behruz Eshonqulovning zaruriy ma'lumotlari:

Bemor : Behruz Eshonqulov

Telefon: +99897 325 99 81 , +99893 305 72 17

Xalq banki Click\PayMe: 8600 0602 4859 1100

MFO: 00676

INN: 202341534

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid