Sport | 20:35 / 20.04.2019
2546
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Bavariya» yagona gol evaziga g‘alaba qozonib, peshqadamlikni saqlab qoldi va boshqa natijalar

Germaniya chempionatida 30-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.

«Bavariya» o‘z maydonida «Verder»ni qabul qilib, Zyule tomonidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi. Bu natija myunxenliklarga 70 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolish imkoniyatini berdi. 

«Augsburg» o‘z uyida «Shtuttgart» darvozasiga javobsiz 6ta to‘p yo‘lladi.

Bundesliga, 30-tur
20 aprel

Bavariya – Verder 1:0 
Gol: 1:0 – 75 Zyule. 
Bavariya – Ulrayx, Kimmix, Boateng, Zyule, Alaba, Gnabri (Sanshesh, 87), Koman, Martines (Goretska, 59), Alkantara, Levandovski, Myuller (Riberi, 71).
Verder – Pavlenka, Moysander, Gebre Selassiye, Velkovich, Augustinsson, Mevald (Langkamp, 60), Shaxin (Pisarro, 81), Eggeshtayn, Klassen, Rashitsa (Osako, 73), Kruze.
Ogohlantirish: Velkovich (28).
Chetlatish: Velkovich (58, Verder).

Augsburg – Shtutgart 6:0 (3:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 11 Xedira, 2:0 – 18 Xan, 3:0 – 29 Maks, 4:0 – 53 Rixter, 5:0 – 58 Maks, 6:0 – 68 Rixter. 

Bayyer – Nyurnberg 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 61 Alario, 2:0 – 86 Folland. 

Mayns – Fortuna 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 1 Mateta, 1:1 – 19 Lukebakio, 2:1 – 67 Onisivo, 3:1 – 87 Mateta. 

21:30 Borussiya M – RB Leypsig
23:30 Shalke – Hoffenhaym

21 aprel
Frayburg – Borussiya D
Herta – Hannover
22 aprel
Volfsburg – Ayntraxt F

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid