Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik boshqa partiyaga ovoz berib yuborgandan keyin barmog‘ini kesib tashladi
Hindistonning Bulandshahr shahridan bo‘lgan 25 yoshli Pavan Kumar Hindistonda o‘tayotgan parlament saylovlarida yanglish tarzda boshqa partiyaga ovoz bergandan keyin ko‘rsatkich barmog‘ini kesib tashladi. Voqeadan keyin Kumar shifoxonaga yetkazilib, unga tegishli yordam ko‘rsatilgan.
Ta'kidlanishicha, Hindistonda saylovchilar ovoz bergach, ularning barmog‘ida o‘chmaydigan siyoh bilan belgi qoldiriladi.
Erkakning aytishicha, u “Baxujan samaj parti”ga ovoz bermoqchi bo‘lgan. Biroq u ovoz berish elektron qurilmasida tasodifan hukmron “Bxaratiya janata parti”ni tanlagan. “Men filga ovoz bermoqchi edim, biroq yanglishib gulga ovoz berib yuboribman”, deb aytgan saylovchi.
BBC telekanalining xabar berishicha, “Baxujan samaj parti” Hindistonda aholi tabaqalanishida eng past darajani egallovchi dalitlar manfaatlarini himoyalaydi. Kumarning o‘zi ham dalitlardan bo‘ladi.
Hindistonda apreldan maygacha parlament saylovlari bir necha bosqichda o‘tkazilmoqda. Mamlakatda yashovchi 1,3 mlrd kishidan 900 mln nafari ovoz berish huquqiga ega. Aholining aksariyat qismi savodsiz bo‘lgani sababli mamlakat saylov komissiyasi ishonchli usul – fuqarolarga partiyalarni byulletenlarda taniy olish uchun grafik belgilar kiritishni o‘ylab topgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025