Sport | 23:33 / 20.04.2019
13096
2 daqiqa o‘qiladi

Vadim Abramov: «Futbolchilarim maosh olishni boshlashsa, bundan ham yaxshiroq o‘ynashadi»

Foto: Tribuna.uz

Superliga 5-turidan o‘rin olgan OKMK - «Bunyodkor» (0:1) o‘yinidan so‘ng har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanning birinchi qismida «Bunyodkor» murabbiyi Vadim Abramov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

«O‘rtoqlik o‘yinida OKMKni mag‘lub etganimiz? U o‘yin bilan bugungi bahsni solishtirib bo‘lmaydi, chunki u o‘rtoqlik o‘yini bo‘lgandi. O‘rtoqlik o‘yiniga jiddiy e'tibor berish kerak emas.

Yomg‘ir o‘yinga xalaqit berdi deb o‘ylamayman, chunki futbolchilar bunaqa holatlarga o‘rganishgan. Bugun o‘zimiz holatimizni qiyinlashtirib yubordik. Gol urgandan so‘ng yana hujum qilishimiz kerak edi, lekin biz hisobni ushlashga zo‘r berdik. Bunday bo‘lmasligi kerak edi.

G‘alaba qozonib, ochkolar to‘plashda davom etayotganimizdan xursandman va umid qilaman, bu bizning oxirgi ochkomiz bo‘lmaydi. Biz hali o‘z uyimizda o‘ynaganimiz yo‘q. Keyingi turlarda «Buxoro», «Qizilqum» bilan mehmonda o‘ynaymiz. Futbolchilarim maosh olishni boshlashsa, bundan ham yaxshiroq o‘ynashadi»,- deb futbolchining so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid