Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusi qo‘mondoni o‘zgardi
Eron rahbari va diniy rahnamosi Ali Homaneiy Eron qurolli kuchlarining sara bo‘linmasi – Islom inqilobi soqchilari korpusiga yangi qo‘mondon tayinladi. Tasnim axborot agentligining ma'lum qilishicha, korpusga brigada generali Husayn Salomiy yangi qo‘mondon bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, Salomiy general Muhammad Ali Jafariy o‘rnini egallagan. Avval Salomiy korpus qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimini egallagan.
8 aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp korpusni xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga qaror qilgan. AQSh bu qarorini korpus terrorchilik faoliyatida faol ishtirok etishi, terrorchilikni moliyalashtirishi va uni davlat siyosatining dastagi sifatida ilgari surishi bilan asoslagan.
Bunga javoban Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi AQSh qurolli kuchlarini terrorchilik tashkilotlari qatoriga kiritgan. 16 aprelda esa Eron parlamenti AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligini (SeNTKOM) terrorchilik tashkiloti deb tan olish haqidagi qonun loyihasini ma'qullagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025