Superliga. «Navbahor» 75-daqiqagacha hisob ochilmagan o‘yinda «Surxon»ni yirik hisobda yengdi
Superliganing 5-turidagi «Navbahor»–«Surxon» uchrashuvi yirik hisobda yakunlandi: Farg‘onada o‘tgan o‘yinda namanganliklar raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p yo‘llashdi.
O‘yinning so‘nggi 15 daqiqaligi boshlangunga qadar hisob 0:0 ko‘rinishida saqlanib turdi. Shu daqiqada Obid Jo‘raboyev burchak zarbasidan keyin darvozani aniq nishonga olib, hisobni ochdi. 89-daqiqada Azimjon Ahmedov 20 metrlar chamasi uzoqlikdan kuchli zarbasi bilan hisobdagi farqni oshirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan to‘rt daqiqaning uchinchisida esa Aleksandr Kasyan yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:0.
Ushbu g‘alabadan keyin «Navbahor» ochkolari sonini 7taga yetkazib, 5-o‘rindagi «Metallurg» va «Dinamo»ga yetib oldi. 4-pog‘onani esa 8 ochko bilan qolgan «Surxon» band etib turibdi.
Superliga, 5-tur
21 aprel. Farg‘ona. "Istiqlol" stadioni. 7122 tomoshabin.
Navbahor – Surxon – 3:0 (0:0)
Gollar: Obid Jo‘raboyev (75), Azimjon Ahmedov (89), Aleksandr Kasyan (90+3)
Bosh hakam: Viktor Serazitdinov.
Mavzuga oid
19:03 / 18.11.2024
PFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
21:55 / 19.10.2024
Superliga o‘yini yarim soatga to‘xtab qoldi. PFL o‘yin komissarining IIB bo‘linmasiga olib ketilishi bo‘yicha bayonot berdi
21:38 / 19.07.2024
«Navbahor» Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni e’lon qildi
14:32 / 29.06.2024