Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada gigant eshak topildi
Britaniyaning Linkolnshir grafligidagi qo‘riqxonada saqlanuvchi 5 yoshli Derrik laqabli eshak tez orada dunyodagi eng katta eshakka aylanishi mumkin. Bu haqda Nottinghamshire Live nashri xabar berdi.
Hozirda eshakning bo‘yi 170 santimetrni tashkil qiladi, biroq u hamon o‘sishda davom etmoqda.
“Eshaklar 7 yoshga yetgach, o‘sishdan to‘xtaydi. Shu sababli Derrikda hali vaqt ko‘p”, deb aytgan qo‘riqxona egasi Treysi Garton.
Derrik Amerika mamont eshaklari turiga mansub bo‘lib, uning vakillari dunyodagi eng yirik eshaklar hisoblanadi. Derrik hozirda dunyoda eng katta eshak hisoblanuvchi, Texas shtatidagi Romulusdan bor-yo‘g‘i bir dyuym pastroqdir. 173 sm bo‘yga ega ushbu eshak 2013 yilda Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Derrikning egalari u yaqin orada rekordchidan o‘zib ketishiga ishonishmoqda.
Treysining aytishicha, Derrik katta o‘lchamga egaligiga qaramay, juda yuvosh.
“U go‘yoki katta itga o‘xshaydi. Izingdan qolmay, hamisha yoningda bo‘lishni istaydi”, deb ta'kidlaydi eshakning egasi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025