Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippindagi zilzila vaqtida osmono‘par binodan odamlar ustiga tonnalab suv tushdi (video)
22 aprel Filippinning bosh oroli Luzonda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. BBC News telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, yana 20 ga yaqin kishi jarohat olgan.
Zilzila magnitudasi 6,1 ballga baholangan. Zilzila kuchi oqibatida poytaxt Maniladagi osmono‘par binolar chayqala boshlagan. Guvohlar tomonidan taqdim qilingan videoga ko‘ra, zilzila vaqtida tomida 25 metrlik suv havzasi bo‘lgan balandligi 181 metrlik Anchor Skysuites binosi tepasidan pastga katta hajmda suv tusha boshlagan.
Porak va Lubao shaharlarida uylar qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 3 jasad oziq-ovqat do‘koni vayronalari ostida topilgan. Ta'kidlanishicha, vayronalar ostida bir necha kishi qolmoqda. Ularni qutqarish-qidirish operatsiyasi olib borilmoqda.
Manila yaqinidagi Klark aeroportidagi terminallardan biriga yetgan talofat sababli aeroport bir kunga yopib qo‘yilgan. Bir nechta inshootlarga talofat yetgan.
.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
22:37 / 08.04.2025