Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh “Hizbulloh” homiylari haqidagi ma'lumotga 10 mln dollar berishga va'da qildi
AQSh davlat departamenti va moliya vazirligi bosh qarorgohi Livanda joylashgan “Hizbulloh” tashkilotining moliyalashtirilishi haqidagi ma'lumot uchun 10 mln dollar berishga va'da qildi.
Ta'kidlanishicha, mukofot puli “Hizbulloh” homiylari ismlarini ma'lum qilgan, uning bank o‘tkazmalari yoki ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlari haqidagi ma'lumotni taqdim qilgan kishiga beriladi.
Ma'lum qilinishicha, va'da qilinayotgan pul qidiruvda bo‘lgan terrorchilar haqidagi ma'lumot uchun pul to‘lashda qo‘llanuvchi dastur bo‘yicha beriladi.
Bu dastur 1984 yildan beri amal qilib, biroq birinchi marta mukofot puli muayyan shaxs emas, balki tashkilot haqidagi ma'lumot uchun va'da qilinmoqda.
AQShda “Hizbulloh” terrorchilik tashkiloti deb hisoblanadi va Eronning Yaqin Sharq davlatlaridagi manfaatlari yo‘lida harakat qiluvchi tashkilot sifatida ko‘riladi.
Livanda “Hizbulloh” mamlakat parlamentida 14 deputat bilan bildirilgan. Ma'lum vaqt uning a'zolari Livan hukumati tarkibiga ham kirishgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025