Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda mudhish YTH: ayol va uning hali bir yoshga to‘lmagan qizi halok bo‘ldi
2019 yil 23 aprel kuni soat 03:30larda Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 26 yoshli A.A. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinani Buxoro viloyatining Romitan tumani hududidagi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan fuqaro Z.Sh. boshqaruvidagi “KAMAZ” rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Nexia” avtomashinasi yo‘lovchisi S.K. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etgan hamda “Nexia”ning qolgan yo‘lovchilari, S.K.ning turmush o‘rtog‘i J.R. va 2019 yilda tug‘ilgan I.A. ismli qizi, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Sh.S.lar kasalxonaga yotqizilgan.
Xabarda aytilishicha, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay qizaloq vafot etgan. Shuningdek “Nexia” haydovchi A.A. va yo‘lovchisi Ch.E.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025