Jamiyat | 11:00 / 24.04.2019
38582
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Mo‘ynoqqa flamingolar qaytdi

Shu kunlarda Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgan mehmonlar kamyob manzarani kuzatishlari mumkin – Mo‘ynoqdagi Sudoche ko‘liga qizg‘ish flamingolar galasi qaytib keldi.

«So‘nggi yillarda bu qushlar soni muntazam ko‘payib bormoqda va bu hududda ular uchun qulay yashash muhiti yaratilayotganidan darak beradi. Ko‘l jonivorlar uchun yeguliklarga boy, issiq o‘lkalarga uchayotgan flamingolar bu joyda uzoq vaqt to‘xtab o‘tadilar, inlar quradilar.

Flamingolar ko‘lda to‘xtash muddati taxminan ikki oyni tashkil qiladi. Ular yashayotgan hududga yetib borish uchun yo‘ltanlamas avtomobillar zarur. Hozirgi kunda hukumat tomonidan qushlarni asrash, ularni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan sayyohlarga qulay sharoit yaratish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda», deyiladi turizm portali xabarida.

Mavzuga oid