Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada terrorchilar yana davomli teraktlar sodir etishni rejalashtirgan
Shri-Lankada davomli teraktlar sodir etgan terrorchilar orolda bunday teraktlarni takrorlashni rejalashtirishgandi. Bu haqda CNN telekanali Shri-Lanka hukumatiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
«Shri-Lanka hukumati teraktlar ijrochilari ikkinchi marta seriyali teraktlarni rejalashtirishgandi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ular terakt qurbonlarining dafn marosimi vaqtida hujum uyushtirmoqchi bo‘lishgan», - deya qayd etiladi CNN xabarida.
21 aprel kuni Shri-Lankada sodir etilgan davomli teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 359 kishini tashkil qilmoqda. Terrorchilar xristianlar Pasxa bayramini nishonlayotgan kunda Kolombo shahridagi mehmonxonalarga, poytaxtdagi va Negombo hamda Battikaloadagi cherkovlarga hujumlar uyushtirishdi.
Bundan avvalroq teraktlar qurbonlari yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin bo‘lgani - terrorchilar Hindiston elchixonasini va poytaxtdagi yana bir mehmonxonani nishonga olishgani haqida xabar qilingandi. Bu obektlarda nega portlash sodir bo‘lmagani sababi noma'lum. Kolombo bosh avtovokzalida 87ta detonator topilgan.
Shri-Lanka politsiyasi portlashlarga aloqadorlikda gumon qilingan 60 kishini qo‘lga olgan.
CNN ma'lumotiga ko‘ra, hujumlar 9 nafar xudkush-terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan. Associated Press agentligi xabarida xudkushlar soni 7 nafar bo‘lgani aytilgan.
«Afsuslanarlisi, ularning barchasi Shri-Lanka fuqarolari bo‘lishgan, ular o‘ziga to‘q oilalarda o‘sib, yaxshi ta'lim olishgandi», - deya qayd etilgan CNN xabarida.
Shri-Lanka Mudofaa vaziri Ruvan Vidjyevardena xudkush-terrorchilar rahbari Buyuk Britaniyada tahsil olgani haqida ma'lumot bergan.
Mavzuga oid
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
11:33 / 24.02.2025
Shri-Lankada “advokat” sud zalida gumonlanuvchini otib tashladi
22:08 / 20.02.2025