Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya S-400’ni Qatar va Ozarboyjonga berishni rejalashtirmayotgani ma'lum qilindi
Anqara Rossiya tomonidan yetkaziladigan S-400 zenit-raketa majmualarini Qatar va Ozarboyjonga berishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu aytib o‘tdi.
Avvalroq turk OAVda Anqara S-400’ni Qatar va Ozarboyjonga berishi mumkinligi haqida gaplar tarqatilgan.
“Gap S-400’ni Qatar yoki Ozarboyjonda joylashtirish haqida ketmayapti. Bu masala biz tomondan hech qachon muhokama qilinmagan. Ushbu axborot OAVda muntazam bo‘rttirilmoqda. Aslida bu masala bo‘yicha hech qanday murakkablik yo‘q. Biz Rossiya bilan kelishuv tuzdik va hozir majmualar yetkazilishi muddatlarini muhokama qilmoqdamiz. Agar Rossiya Ozarboyjonga majmualarni sotishga qaror qilgan bo‘lsa, u buni vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshira oladi. Uning ustiga, bu davlatlar yaxshi munosabatdalar”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
Avvalroq Turkiya S-400’ni xarid qilish rejasidan voz kechmasligi va majmualarning birinchi partiyasi Turkiyaga iyulda yetkazilishi kerakligini aytgan. AQSh Turkiyaga S-400’ni xarid qilgudek bo‘lsa, sanksiyalar solish bilan tahdid qilmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025