Sport | 10:14 / 25.04.2019
4363
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya kubogi. «Bavariya» 70 soniya ichida ikkita gol o‘tkazib, penalti evaziga finalga chiqdi

Foto: AFP/Getty Images

Germaniya kubogi finalida «RB Leypsig»ga «Bavariya» raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Myunxen klubi kecha yarim finalda «Verder» mehmoni bo‘lib, 3:2 hisobida g‘alaba bilan qaytdi. O‘yinning 74-daqiqasiga qadar mehmonlar Levandovski va Myullerning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi. Ammo mezbon bremenliklar ikki daqiqa ichida ketma-ket ikkita gol urib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldilar. So‘nggi o‘n daqiqalik boshlangan vaqtda esa Levandovski ikkinchi marotabada penaltini aniq amalga oshirdi (u birinchi bo‘limda ham 11 metrlik nuqtadan hisobni ochgandi) va bu gol o‘yindagi oxirgisi bo‘lib qoldi.

Qayd etish kerak, «Bavariya» 23-marotaba Germaniya kubogi finaliga chiqib, turnir rekordini yangiladi. Jamoa 18 marotaba ushbu musobaqada bosh sovrin sohibi bo‘lgan.

Niko Kovach jamoasi finalni 25 may kuni Berlinda «RB Leypsig»ga qarshi o‘tkazishadi.

Germaniya kubogi
1/2 final, 24 aprel
Verder – Bavariya 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 36, penalti Levandovski, 0:2 – 63 Myuller, 1:2 – 74 Osako, 2:2 – 75 Rashitsa, 2:3 – 80, penalti Levandovski.
Verder – Pavlenka, Velkovich, Augustinsson (Xarnik, 81), Gebre Selassiye, Moysander, Eggeshtayn, Mevald (Pisarro, 65), Rashitsa, Klassen(Eggeshtayn, 89), Osako, Kruze.
Bavariya – Ulrayx, Boateng, Alaba, Kimmix, Xummels, Gnabri (Goretska, 58), Martines, Alkantara (Xames, 76), Koman, Myuller (Rafinya, 89), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Klassen (25), Xummels (26), Kruze (84), Xames (84), Levandovski (90).

23 aprel
Gamburg – RB Leypsig 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 12 Poulsen, 1:1 – 23 Djatta, 1:2 – 53, avtogol Yanichich, 1:3 –72 Forsberg.

Final
25 may. Berlin, «Olimpiya» stadioni
RB Leypsig – Bavariya

Mavzuga oid