Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Gollandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi
25 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida (MOQ) Gollandiyaning Elsevier kompaniyasi vakillari bilan seminar tashkil etildi.
Unda Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari, jismoniy tarbiya va sport sohasida tadqiqotlar olib borayotgan bir guruh yosh olimlar, talaba va magistrlar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston MOQ va Elsevier kompaniyasi vakillari o‘rtasida strategik hamkorlik bo‘yicha «Sport va ilm-fan» memorandumi imzolandi.
«Bu hamkorlik sportchilarni yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash va yuqori natijalarga erishish, qolaversa, sport ilm-faninining rivojini yangi cho‘qqiga olib chiqishi bilan ahamiyatli. Memorandum jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport universitetiga mutaxassislar yetkazib berish, mamlakatda sport meditsinasini rivojlantirish kabi istiqbolli dasturlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, MOQ bilan WADA, FIFA, AIBA va boshqa yirik sport tashkilotlarining tajribasidan kelib chiqqan holda sportni metodologik rivojlantirish sohasi ham memorandumda ko‘rsatib o‘tilgan va O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirishni ko‘zlaganmiz», – dedi Aliya Ospanova.
Ma'lumot uchun, Elsevier — jahondagi eng yirik to‘rtta ilmiy nashriyot-matbaa uyidan biri hisoblanib, har yili dunyo bo‘ylab nashr etiladigan barcha ilmiy jurnallarning chorak qismi aynan uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Kompaniyaga 1880 yili Gollandiyaning Amsterdam shahrida asos solingan. Shuningdek, kompaniya Buyuk Britaniya, AQSh, Braziliya va boshqa mamlakatlarda o‘z filiallariga ega.
Kompaniya mahsulotlarining obunachi-mijozlari sirasiga butun dunyodagi ilmiy-tadqiqot markazlari, universitetlar, kutubxonalar, vazirliklar va tashkilotlar, shuningdek Yevropa, Amerika va Osiyoning xususiy korporatsiyalari kiradi.
Jahon bo‘ylab 30 milliondan ortiq olimlar, talabalar va turli soha mutahassislari nashriyot ma'lumotlaridan foydalanish imkoniga egalar. Kompaniya tomonidan 1 yilda 240 milliondan ziyodroq ma'lumot va maqolalar internet tarmog‘iga joylanib boriladi.
Mavzuga oid
23:08 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi
21:50 / 04.04.2019
Sportchilarning ratsional ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish omillari
16:17 / 23.03.2019
Stenford va Yyelldagi kabi: O‘zbekistonda ilmiy jurnallar uchun ilk platforma joriy qilinadi
19:49 / 05.03.2019