Putin Kim Chen Inni kutib oldi. Yetakchilar yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi

Foto: Valeriy Melnikov/POOL/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Uzoq Sharq federal universiteti kampusida KXDR yetakchisi Kim Chen Inni kutib oldi. Rossiya rahbari S korpusi yon qismiga chiqqan, bu yerda faxriy qorovul saf tortdi.
Kim Chen Inning limuzini eshik tagigacha kelgan, yetakchilar qo‘l berib ko‘rishib, bino ichiga kirib ketishgan.
Zalga yo‘lda davlat rahbarlari delegatsiyalar a'zolarini qutlashgan. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Vladimir Putin va Kim Chen In eskalatorda S korpusining ikkinchi qavatiga ko‘tarildilar. Bir necha metrga cho‘zilgan bayroqlar guruhidan o‘tib, yetakchilar muzokaralar uchun tayyorlangan zalga kirishdi.
Qisqa salomlashuv va kirish qismidan so‘ng, uchrashuv matbuot uchun yopildi hamda yopiq eshiklar ortida davom etdi. Rossiya va KXDR yetakchilari o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar faqat ikkita tarjimon ishtirokida yuzma-yuz bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

23:23 / 13.03.2025
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

20:02 / 13.03.2025