Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qutqaruvchilar Qashqadaryo viloyatida jabrlangan fuqaroni vertolyot yordamida evakuatsiya qilishdi
Joriy yilning 22 aprel kuni FVB navbatchilik qismiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali tomonidan Dehqonobod tumanida traktor ag‘darilishi natijasida jabrlangan og‘ir ahvoldagi fuqaroga yordam ko‘rsatish zarurligi bo‘yicha murojaat qilingan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.M. boshqaruvidagi traktori bilan dala maydoniga ekin ekish vaqtida, surunkali yomg‘ir yog‘ishi ta'siri hamda texnika xavfsizligiga qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida ag‘darilib ketgan.
Natijada, og‘ir tan jarohati olgan B.M. Oqqishloq aholisi tomonidan zarur tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qishloq vrachlik punktiga olib borilgan. Mutaxassislarning ko‘rigi natijasida, jabrlanganga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish lozimligi aniqlanib, bemorni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yetkazish ehtiyoji yuzaga kelgan. Biroq noqulay ob-havo, yo‘llardagi nosozlik, qolaversa, qishloq va tuman markazi o‘rtasidagi olis masofa tufayli bemorga zudlik bilan yordam ko‘rsatish imkoniyati yo‘q bo‘lgan.
Shu munosabat bilan, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining murojaati asosida Janubi-G‘arbiy alohida harbiy okrug tomonidan bemorni evakuatsiya qilish uchun Mudofaa vazirligiga tegishli MI-171 vertolyoti ajratilib, fuqaro B.M. qutqaruvchilar nazorati ostida Qarshi shahridagi Xonobod aerodromiga yetkazilgan.
Bemor aerodrom hududidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yetkazildi. Hozirgi vaqtda bemorga barcha zaruriy ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
18:35 / 09.05.2025