O‘zbekiston | 11:13 / 26.04.2019
2505
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Janubiy Osiyoda xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi

Ismatulla Ergashev/Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston delegatsiyasi Manama shahridagi konferensiyada ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya 2019 yil 27-28 aprel kunlari Manama shahrida (Bahrayn podshohligi) bo‘lib o‘tadigan Janubiy Osiyoda xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajadagi 5-xalqaro konferensiyada qatnashadi.

Konferensiya Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) va AQSh Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo bo‘yicha strategik tadqiqotlar markazi (NESA) tomonidan tashkil etilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid