Jamiyat | 07:55 / 26.04.2019
51041
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 24 apreldan sovuq suv narxi oshdi. «Suvsoz» bu haqda 25 aprel kuni xabar berdi

Foto: Fotolia

«Suvsoz» korxonasining xabar berishicha, Toshkentda 24 apreldan sovuq suv tariflari oshdi. Yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 2 aprel kuni tasdiqlandi.

Toshkent shahar hokimining 2018 yil yanvardagi qaroriga binoan, ichimlik suv ta'minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori iste'molchilar uchun - 100 so‘m 1 m.kub.dan olinadi.

Markazlashgan issiq suv ta'minotiga ega ko‘p qavatli uylarda 1 metr kub narxi endi 1050 so‘mni (hozirda — 850 so‘m), markazlashgan issiq suv ta'minotisiz — 715 so‘mni (hozirda — 615 so‘m) tashkil etadi.

Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya mavjud bo‘lganda bir kub metr suv narxi 615 so‘mdan 715 so‘mga oshirildi, kanalizatsiyasiz - 380 so‘m.

Ichki vodoprovod, rakovina, unitaz, vanna yoki mahalliy suv isitish uskunalariga ega dush bo‘lgan kanalizatsiyalangan uylarda bir kishiga hisoblagichsiz to‘laganda tarif aprel oyida 8933,22 so‘mdan 9083,15 so‘mga oshirildi, maydan esa 10116,43 so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda sovuq suv narxi 2018 yilda uch marotaba ko‘tarilgan, xususan noyabr va dekabr oylarida ham narx oshirilgan edi.

To‘ldirish: «Suvsoz» ayni vaqtda o‘z saytidan xabarni o‘chirib tashlagan, lekin bu xabardan skrinshot saqlab qolingan.

Foto: Zed News

Mavzuga oid