Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA Neymarga diskvalifikatsiya qo‘lladi
«PSJ» hujumchisi Neymar yevrokuboklardagi 3 o‘yindan diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda UYeFA saytida xabar berilgan.
Diskvalifikatsiyaga 27 yoshli braziliyalik futbolchi YeChLning joriy mavsumi nimchorak finali doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi javob uchrashuvidan keyingi xatti-harakatlari sabab bo‘lgan.
6 mart kuni Parijda kechgan javob uchrashuvi «MYu»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra inglizlar turnirning keyingi bosqichiga chiqishgandi. O‘yindagi hal qiluvchi gol ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar darvozasiga belgilangan penaltidan urilgandi, o‘shanda hakam videotakrordan keyin to‘p himoyachining qo‘liga tekkan deb topib, 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgandi.
O‘sha o‘yinda jarohati tufayli jamoasiga yordam bera olmagan Neymar o‘yindagi hakamlikdan norozi bo‘lgan va hakamlar xonasiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bundan tashqari, u Instagramdagi sahifasida hakamni qattiq haqoratlagan.
Neymar is very, very angry! 🤬 pic.twitter.com/0Ti4FoEeVH
— Goal (@goal) March 6, 2019
Mavzuga oid
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi
05:19 / 28.01.2025
Rasman: «Al Hilol» va Neymar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi
14:49 / 23.11.2023