Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Bugun Toshkentda davom etayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ayollar 112.8 kilometr masofaga kechgan poygada o‘zaro bahs olib borishdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish g‘olibga qit'a chempionligi bilan birga Tokio Olimpiadasining ham yo‘llanmasini berishi ko‘pchilikning diqqat-eʼtiborini tortdi.
Poyga hamyurtimiz Olga Zabelinskayaning g‘alabasi bilan yakunlandi va shu bilan birga terma jamoa a'zosi Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi. Zabelinskaya masofani 3 soat, 9 daqiqa-yu 5 soniyada bosib o‘tdi.
Veloshosse bo‘yicha OCh.
Ayollar, 112.8 km.
1. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston)
2. Axreum Na (J.Koreya)
3. Somayex Ylazdani (Eron)
Mavzuga oid

12:02 / 11.02.2025
Yanina Kuskova veloshosse bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

08:46 / 04.08.2024
Parij-2024. O‘zbekistonlik sportchilarning 4 avgust kungi chiqishlari

07:25 / 03.10.2023
Olga Zabelinskaya - Osiyo o‘yinlari chempioni

15:37 / 16.08.2022