Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada yangi portlashlar sodir bo‘ldi
26 aprelda Shri-Lankada uchta portlash yuz berdi. Portlashlar mamlakat sharqidagi Kalmunay shahrida aksilterrorchilik operatsiyasi vaqtida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. Hududda tintuvlar davom etmoqda.
Avvalroq shu shaharda politsiya xodimlari va harbiylar reydlar vaqtida xudkushlar kamarlari tayyorlanuvchi yashirin ustaxonalar aniqlanganda o‘qqa tutilgandi.
Shri-Lankada 21 aprelda bir qator portlashlar sodir etilgandi. Cherkovlar va mehmonxonalarda sodir etilgan teraktlar oqibatida 250 ga yaqin odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025