TIV Qozog‘istonda o‘g‘irlab ketilgan o‘zbek haqidagi ma'lumotga izoh berdi
2019 yilning 25 aprel kuni Qozog‘istonning Atirau viloyati politsiya departamentining Ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi ma'lumotiga tayanib OAVda Atirau shahrining huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan bir guruh shaxslar qo‘lga olingani haqidagi xabar tarqaldi.
Ushbu guruh 16 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi S.Y.ni o‘g‘irlagani va uning do‘sti O‘zbekiston fuqarosidan 300 ming tenge miqdoridagi pul olgani aytilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti ushbu vaziyat bo‘yicha O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi hodisani aniqlashtirish uchun zaruriy choralar ko‘rayotganligini ma'lum qildi.
Zakon nashri xabariga ko‘ra, Qozog‘istonning Atirau shahrida 1990 va 1991 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs 16 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi S.Ya.ni o‘z kvartirasidan zo‘rlik ishlatib o‘g‘irlab ketishgan.
Ushbu shaxslar o‘g‘irlab ketilgan fuqaroning do‘sti, O‘zbekiston fuqarosi M.S.dan 300 ming tenge talab qilishgan. Aniqlanishicha, hujum qilgan shaxslar bundan oldin ham M.S.dan zo‘rlik ishlatish tahdidi ostida 100 ming tenge miqdorida pul olishgan.
Barcha uch nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularning yonidan jabrlanuvchilar pullari va buyumlari, shuningdek, o‘g‘irlab ketilgan fuqaroni kaltaklashda qo‘llanilgan nunchaki hamda qurbonlarning biriga tegishli bo‘lgan «Lada Largus» avtomobili kaliti topilgan.
Mavzuga oid
20:47 / 27.11.2024
Bedarvoza bojxona va g‘oyib bo‘layotgan mashinalar – Kun.uz’da katta surishtiruv
17:29 / 27.11.2024
Qozog‘iston Orol dengiziga yana 1,6 milliard kub metr suv quyadi
17:26 / 27.11.2024
Qozog‘iston Rossiya donining O‘zbekistonga reeksportini chekladi
17:27 / 26.11.2024