Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi hal qiluvchi golni urib, «Barselona»ning Ispaniyada 26-marta chempion bo‘lishini ta'minladi
Ispaniya La Ligasining 35-turida «Barselona» o‘z maydonida «Levante» ustidan zafar quchib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Kataloniya klubining 26-marta chempion bo‘lishini ta'minlagan o‘yinda yagona golni 62-daqiqada Lionel Messi urdi.
Qayd etish joizki, jamoa sardori Lionel Messi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi. Ikkinchi bo‘limda Koutinoning o‘rniga tushgan Messi o‘yinda baribir o‘z so‘zini aytdi.
91 mingdan ziyod muxlis ko‘z o‘ngida 26-marta Ispaniya chempionati g‘olibi bo‘lgan «Barselona» bu borada faqatgina 33 marta chempion bo‘lgan Madridning «Real» klubidan ortda qolmoqda. Biroq, Barselona XXI asrda (10) va so‘nggi o‘n yillikda (6) chempion bo‘lish borasida yetakchi bo‘lib turibdi.
2017 yilda klub ruliga kelgan murabbiy Ernesto Valverde o‘zi boshqargan har ikki mavsumda ham chempionlikni rasmiylashtirishni uddaladi.
Bu katalonlar klubi so‘nggi 11 mavsumda sakkizinchi bor chempion bo‘lishidir.
Bu vaqt ichida «Barselona»dan tashqari faqat «Real» (ikki marta, 2011/12 va 2016/17 yilgi mavsumlarda) hamda «Atletiko» (2013/14 yilgi mavsum) Ispaniya chempionligiga erishgan
Ispaniya La Ligasi. 35-tur
BARSeLONA – LeVANTe 1:0 (0:0)
Gol: Messi (62).
Barselona: ter Shtegen, Pike, Langle, Nelson Semedu, Alba, Artur (Buskets, 73), Rakitich, Koutino (Messi, 46), Vidal, Dembele (Serji Roberto, 84), Suares.
Levante: Fernandes, Ruben Vezu, Rober, Luna, Koke, Rochina (Marti, 84), Kampanya, Jyeyson, Vukchevich (Bardi, 65), Saymon (Morales, 46), Mayoral.
Ogohlantirishlar: Rakitich (14), Rochina (56), Ruben Vezu (58), Pike (70), Nelson Semedu (77), Koke (83), Buskets (90).

Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025