Jahon | 18:18 / 28.04.2019
7170
1 daqiqa o‘qiladi

Telegraph Osiyo va Afrikada Shri-Lankadagi kabi teraktlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qildi

Foto: REUTERS /Thomas Peter

Razvedka xizmatlarining taxminicha, IShID terrorchi tashkiloti jangarilari Osiyo va Afrikaning turistik hududlarida Shri-Lankadagi kabi yangi hujumlarni amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda razvedka xizmatidagi manbalariga tayanib The Sunday Telegraph xabar qildi.

Nashrning yozishicha, razvedka IShID yetakchilari guruh tanazzulga uchragani sababli uni boshqarishni o‘ylamayotgani va jangarilar terrorchilik hujumlari uyushtirish uchun erkin harakatlanishlari mumkin deb taxmin qilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, Iroq va Suriyani tark etayotgan IShID jangarilari endi e'tiborlarini kurortlarga qaratishadi. Yangi teraktlar sodir etilishi mumkin bo‘lgan hududlar sifatida nashr manbalari Hindiston, Maldiv hamda Keniya va Tanzaniyaning turistik maskanlarini aytishgan.

21 aprel kuni Shri-Lankada qator portlashlar yuz berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 250ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid