Sport | 08:51 / 29.04.2019
8531
2 daqiqa o‘qiladi

Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovrinlari egalariga topshirildi

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) «Manchester Siti» hujumchisi Rahim Sterlingni Angliyada mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e'lon qildi.

Rahim Sterling

Sterling ushbu e'tirof uchun nomzodi qo‘yilgan «Liverpul» himoyachisi Trent-Aleksander Arnold, «Bornmut» yarimhimoyachisi Devid Bruks, «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford, «Vest Hem» xavbeki Deklan Rays va uning jamoadoshi Bernardu Silvadan ustun kelgan.

Ma'lumot uchun, 24 yoshli Rahim bu mavsum APLning 32ta o‘yinida maydonga tushdi va 17ta gol urib, 10ta golga hammualiflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Image
Virgil van Deyk

Eslatib o‘tamiz, PFA «Liverpul» himoyachisi Virgil van Deykni Angliyada yil o‘yinchisi deb topgandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi avvalroq APLda mavsumning ramziy jamoasini e'lon qilgandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid