Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya prezidenti poytaxtni Jakartadan boshqa shaharga ko‘chirmoqchi ekanligini ma'lum qildi
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mamlakat poytaxtini Jakartadan boshqa shaharga ko‘chirmoqchi ekanligini ma'lum qildi. U bu haqda hukumat yig‘ilishida bildirdi, deb xabar berdi Kompas portali.
"Jakarta bir vaqtning o‘zida ikkita muhim vazifa: ham moliyaviy, ham siyosiy markaz bo‘lishni bajara olmayapti", -dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "yangi poytaxt uchun to‘g‘ri joy tanlash, kerakli infrastrukturani tayyorlash zarur".
Portalning ma'lumot berishicha, hukumat poytaxt ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan uchta joyni tanlagan. Ular xususan, Palankaraya shahri va Penajam rayonidir.
Milliy rivojlanishni rejalashtirish vaziri Bambang Brojonegoroning aytishicha, poytaxtni ko‘chirish jarayoni o‘n yilgacha vaqtni olishi mumkin.
Jakarta alohida ma'muriy okrug maqomiga ega va mamlakatning eng aholisi zich shaharlaridan hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025