Jahon | 18:11 / 29.04.2019
6357
1 daqiqa o‘qiladi

Tokioda imperatorning taxtni tark etishi munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Foto: EPA/KIYOSHI OTA

Tokio politsiyasi 30 aprel va 1 may kunlari imperator Akixitoning taxtni tark etishi va taxtga to‘ng‘ich o‘g‘li Naruxitoning o‘tirishi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan marosim sababli imperator saroyi atrofida alohida xavfsizlik rejimini joriy etdi.

Xabar qilinishicha, saroyga tutash ko‘chalarda vaqtinchalik blokpostlar o‘rnatilgan. Politsiya ayrim avtomobillarni tekshiruvdan o‘tkazmoqda. NHK telekanalining bildirishicha, politsiya itlari tevarak-atrofda portlovchi qurilmalar bor-yo‘qligini aniqlamoqda.

Ma'lumot berilishicha, imperator qarorgohi atrofidagi hudud 30 aprel oqshomdan 1 may ertalabga qadar keng omma uchun yopiq bo‘ladi.  

Mazkur operatsiyaga bir necha ming politsiyachi jalb etilgan. Ular imperator saroyiga avtomobilda bostirib borish ehtimoli bo‘lgan yo‘llarni yuk mashinalari bilan to‘sib qo‘yishgan.  

Mavzuga oid