Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Pozner Markaziy Osiyo davlatlariga demokratiya kerak emasligini ma'lum qildi
Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Pozner sobiq SSSRning qaysi davlatlari demokratiyaga muhtojligi haqidagi savol yuzasidan o‘z fikrini bildirdi, deya yozadi Pozner Online.
Vladimir Pozner sobiq ittifoq respublikalariga demokratiya kerak yoki kerak emasligi haqidagi savolga javob berdi. Demokratiyaga o‘tish, uning so‘zlariga ko‘ra, xalq tarixiy rivojlanish va tajriba natijasida bunga tayyor bo‘lganida mumkindir.
«Hurmatli, Vladimir Vladimirovich, so‘nggi «Pozner» ko‘rsatuvida Mixail Pogrebinskiy bilan suhbatlashdingiz. Unda siz o‘zbekistonlik ayol bilan muloqotda u «bizga demokratiya kerak emas», deb aytganini tilga oldingiz. Sobiq SSSR davlatlariga demokratiya kerakmi va bunga «tayyor» bo‘lish mumkinmi?» - deya savol bilan murojaat qilgan o‘quvchi Bahrom Rajabov.
«Hurmatli, Bahrom Rajabov. Ayrim sobiq ittifoq respublikalariga demokratiya u yoki bu shaklda, qandaydir miqyosda kerak: Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Gruziya, Armaniston, Moldova, Ukraina, Rossiyaga. Boshqa mamlakatlarga - Ozarbayjon, Qozog‘iston, Markaziy Osiyo davlatlariga - bugungi kunda bu aniq kerak emas», - deya javob berdi Pozner.
«Mening fikrimcha, tarixiy rivojlanish va tajriba natijasida u yoki bu xalq nimagadir «tayyor» bo‘ladi. Va u «tayyor» bo‘lganida, bu narsa sodir bo‘ladi», - deya xulosa qilgan teleboshlovchi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmasligi»ga va’da berdi
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
15:03 / 01.05.2025