Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat vazirligi Rossiyadagi supermarketda pichoqlab ketilgan o‘zbek ayoli yuzasidan bayonot berdi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi bosh vakilligi xabariga ko‘ra, kecha Tula oblasti Uzlovaya shahridagi «Pyaterochka» supermarketida 34 yoshli Andrey.K kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20ga yaqin jarohat yetkazgan.
Jabrlangan Umida.S ismli ayol O‘zbekiston fuqarosi va 3 nafar farzand onasi bo‘lib, kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.
Ayni damda Agentlik vakillari Umida.S.ning jasadini O‘zbekistonga qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rishmoqda. Shu munosabat bilan marhumaning yaqin qarindoshlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi bosh vakiliga murojaat qilishlari so‘ralgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligining tezkor telefon tarmog‘i:
+99871-200-06-00
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi telefon tarmog‘i:
+7-9250454744
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025