Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tula yaqinidagi supermarketda o‘zbekistonlik sotuvchi ayolni xaridorlar ko‘z o‘ngida pichoqlab ketishdi
Foto: Videodan kadr
Kecha Uzlovaya shahridagi «Pyaterochka» supermarketida erkak kishi kassirga hujum qilib, ayolga pichoq bilan 20ga yaqin jarohat yetkazdi va voqea joyidan yashirindi.
«Tulskiye novosti» nashri xabariga ko‘ra, supermarket qo‘riqchilari erkakni to‘xtatishga harakat qilishmagan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari tufayli kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi.
«Politsiyachilar qisqa vaqt ichida gumonlanuvchining shaxsini aniqlashdi. U mahalliy aholi vakillaridan biri bo‘lib, 1984 yilda tug‘ilgan. Uzlovaya va qo‘shni tumanlardagi barcha politsiya naryadlari uni qo‘lga olish uchun harakat qildi, ehtimoliy jinoyatchi qayerda ekanini aniqlashga qaratilgan ishlar olib borildi. Qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida ikki uchastka inspektori qidirilayotgan shaxsga o‘xshash kishini payqashgan. Shundan keyin PPX xodimlari bilan birga o‘tkazilgan harakatlar chog‘ida u bog‘ uyushmalaridan birida qo‘lga olindi», - deya xabar berdi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qotil qurbon bilan tanish edi - ular qo‘shnilar bo‘lgan va erkakning xatti-harakatlari tufayli o‘zaro mojarolar yuz bergan - u spirtli ichimliklar iste'mol qilib, ko‘pincha musiqani baland tovushda tinglagan. Umida S.ning uch nafar farzandi bo‘lgan. Ayol Andrey K.dan bir necha bor shovqinni pasaytirish haqida so‘ragan, ammo u bu iltimoslarga parvo ham qilmagan. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik ayol bu shaxsga politsiyaga ariza bilan murojaat qilishi haqida aytgan.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025