Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh IShIDning Suriyada asirga olingan 1800 jangarisini panjara ortida ushlab turibdi
AQSh IShIDning Suriyadagi janglar vaqtida asirga olingan 1800 jangarisini panjara ortida ushlab turibdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp aytib o‘tdi.
Trampning ta'kidlashicha, ayni vaqtda 1,8 ming jangari qo‘lga olingan va ulardan aksariyati Yevropa davlatlari fuqarolari hisoblangani sababli AQSh ular bilan nima qilishga boshi qotgan. Shu sababli Tramp Yevropani vaziyatni hal qilishda “yordam bermaslikda” va o‘z fuqarolarini qaytarib olmayotganlikda aybladi.
Avvalroq Tramp bunday jangarilarni ozodlikka qo‘yib yuborish bilan tahdid qilgan.
“Bizda Suriyadagi xalifalikni 100 foiz yo‘q qilish bo‘yicha olib borgan oxirgi janglarimizda asirga olingan 1,8 ming jangari bor. Hozir bu xavfli mahbuslar bilan nima qilish borasida qaror qabul qilinmoqda. Yevropa davlatlari mutlaq yordam bermayaptilar, vaholanki bu ularning manfaatlari yo‘lida qilingandi”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025