Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq bankining Surxondaryo viloyat filiali zamonaviy qiyofaga ega bo‘ldi

Xalq bankining Surxondaryo viloyat filiali aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida zamonaviy qiyofada yangidan bunyod etildi.
Yaqinda foydalanishga topshirilgan mazkur bino qurilishiga Xalq banki tomonidan 8,7 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ushbu zamonaviy bino yangi mebel hamda turli zaruriy jihozlar bilan to‘liq ta'minlandi.


E'tiborlisi, binoga kiraverishdagi militsiya posti o‘rniga mijozlarga maslahat beruvchi resepshn xizmati tashkil etildi. Shuningdek, bankda yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida xizmat ko‘rsatish joylari tashkil etilgan.
Bugungi kunda Xalq banki Surxondaryo viloyat filiali tomonidan hududdagi 7000 dan ortiq mijozga barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Ahamiyatli tomoni, ushbu mijozlarning yarmidan ko‘pi bank xizmatlaridan masofadan turib foydalanishadi.

Foydalanishga topshirilayotgan mazkur filialning zamonaviy qiyofa kasb etishi mijozlarga yanada sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatini beradi.
AT Xalq banki matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:00 / 20.04.2025
Xalq bankida “Lider ayollar” dasturi doirasida xalqaro seminar-treninglar o‘tkazildi
20:43 / 28.02.2025
Qo‘qonda bank xodimlari moddiy yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi
11:55 / 14.12.2024
Xalq banki korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo‘yicha natijalarni e’lon qildi
19:00 / 25.10.2024