Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Venesuelada kelasi haftada "ko‘p narsa yuz berishi"ni aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelada kelasi haftada yoki undan ham avvalroq ko‘p narsa yuz berishini aytdi, deb yozadi TASS.
Xabar qilinishicha, Trampdan Fox Business telekanali efirida Venesueladagi vaziyatni izohlashni so‘rashdi.
"Bu shunchaki dahshatli vaziyat. Biz barcha variantlarni ko‘rib chiqyapmiz. Biz odamlarga yordam berishni xohlaymiz. Kelasi haftada, balki undan ham avvvalroq ko‘p narsa yuz berishi mumkin", - degan AQSh prezidenti.
Seshanba kuni Venesuelaning Karakas va boshqa shaharlarida hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Chakao munitsipaliteti sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Maxiya Santining so‘zlariga ko‘ra, Venesuela poytaxtida namoyishlar chog‘idagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida 50 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025