Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ufada O‘zbekiston fuqarosi maxsus saqlab turish markazidan qochib ketdi
Ufada xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazida 1 may kuni g‘alva bilan boshlandi - ikki shaxs bu yerdan qochib chiqib ketdi.
Ufa1.ru manbasi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi, 26 yoshli Siroj Nazirov va 31 yoshli Radik Botirov soat 04:50larda qochib chiqib ketgan. Bu vaqtda tong otayotgan bo‘lgan hamda tashqi kuzatuv kamerasi har ikki shaxsni tasvirga tushirgan - ular ikkinchi qavatdagi derazadan qochib tushgan.
- Har ikki erkak markazda 2019 yil 14 yanvardan beri o‘tirishgan va uyga jo‘natilishini kutishgan, - dedi Ufa1.ru manbasi.
- Ikki nafar chet ellik fuqaro o‘zlari saqlangan markazdan ruxsatsiz chiqib ketishgan. Bundan avval ularga nisbatan mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Hozirgi paytda ular topildi va markazga qaytarildi, - deya ma'lum qilishgan Boshqirdiston IIVda.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025