Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltin sotib olish bo‘yicha yetakchi davlatlar ma'lum qilindi
2019 yilning 1-choragiga ko‘ra, dunyo markaziy banklari oltin sotib olish bo‘yicha oxirgi 6 yilning rekordini yangiladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, hammasi bo‘lib dunyoda joriy yilning 1-choragida 145,5 tonna oltin sotib olingan, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 68 foiz ko‘proqni tashkil qildi. Oltin sotib olish bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda. U buni dedollarizatsiya siyosati doirasida amalga oshirmoqda. Rossiya 1-chorakda 55,3 tonna oltin sotib olgan.
2-o‘rinni Xitoy markaziy banki egallagan, u ham Vashington bilan tarang munosabatlar ortida dollardan voz kechishga intilmoqda. Xitoy o‘z oltin zaxiralarini yana 33 tonnaga ko‘paytirib qo‘ygan.
Shuningdek, Turkiya, Qozog‘iston, Ekvador, Qatar va Kolumbiya ham faol ravishda oltin sotib olgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025