Jahon | 00:37 / 04.05.2019
18905
2 daqiqa o‘qiladi

Filippinda dunyodagi eng qimmat kurort ochildi

Filippinda dunyodagi eng qimmat kurort ochildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Banwa Private Island deb nomlanuvchi ushbu kurort Palavan arxipelagidagi butun boshli orolni egallagan. Mehmonlar u yerga Maniladan havo orqali yetib boradilar: 9 o‘rindiqli gidrosamolyotdagi parvoz narxi 990 dollarni, 5 o‘rindiqli vertolyotda esa 11,6 ming dollarni tashkil qiladi.

Kurort 6 ta villadan tashkil topgan bo‘lib, ularda bir kun yashash narxi 100 ming dollargacha yetadi. Ulardan har birida okean bilan tutashgan alohida suv havzasi mavjud.

Mehmonlar kurortda suv osti suzishi va yoga bilan shug‘ullanishlari, spa va restoranlarga tashrif buyurishlari, suv mototsikllarida va katamaranlarda uchishlari, tennis, golf o‘ynashlari mumkin. Orolda dengiz toshbaqalari va boshqa dengiz jonzotlarini uchratish mumkin, ular haqida mehmonlarga kurort mutaxassisi so‘zlab berishi mumkin.

Mehmonxonadagi taomlar orolda yetishtirilgan meva va sabzavotlardan hamda o‘sha yerda tutilgan dengiz jonzotlaridan tayyorlanadi. 

Ta'kidlanishicha, villalarni 3 kundan kam muddatga buyurtirib bo‘lmaydi.

Mavzuga oid