Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya mudofaa vaziri bosh vazirning sog‘lig‘i haqidagi so‘zlari uchun bo‘shatildi – OAV
Gevin Uilyamson va Tereza Mey/Foto: Reuters
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning iste'foga chiqarilishiga uning bosh vazir Tereza Mey kasal ekanligi haqidagi so‘zlari sabab bo‘lgan. Bu haqda The Times nashri manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Uilyamson xususiy suhbatlardan birida Mey qand kasalligi borligi sababli bosh vazir lavozimida ishlay olmasligini va shu sababli bu lavozimni tark etishi lozimligini aytgan. Sal vaqt o‘tib Uilyamsonning bu so‘zlari Mey qulog‘iga yetib borgan.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Uilyamsonning Afrika davlatlaridan biriga britaniyalik harbiylarni jo‘natishga urinishi uzoq vaqt Meyning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Uilyamson 1 may kuni ishonchni yo‘qotgani vaji ostida iste'foga jo‘natilgan. Rasman vazir Britaniya milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishidagi maxfiy ma'lumotlarning sizib chiqishida aybdor deb topilgan. Ta'kidlanishicha, bu yig‘ilishda Huawei kompaniyasining Britaniyada 5-avloddagi mobil aloqa tarmog‘ini yaratishda ishtirok etishi ma'qullangan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025