Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda “Fani” sikloni 33 kishining umriga zomin bo‘ldi
3 may kuni Hindistonning Odisha shtatiga yopirilgan “Fani” sikloni oqibatida 33 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 300 kishi jarohat olgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Hindiston hukumati dovul oqibatlarini bartaraf etishni boshlab yubordi. Tiklash ishlari shtatning 10 mingga yaqin qishlog‘i va 52 ta shahar tumanlarida olib borilmoqda, ularda 60 ming ko‘ngilli ishtirok etmoqda.
Hindistonda avvalroq siklon sababli bir milliondan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan. Odamlar sohilbo‘yidan uzoqroqdagi vaqtinchalik lagerlarda joylashtirilgan.
Shuningdek, siklon 5 may kuni Bangladeshga yopirilgan. Bu yerda yomon ob-havo sababli 12 kishi halok bo‘lgan, ulardan 6 nafari chaqmoq urishidan ko‘z yumgan. 36 ta qishloq suv ostida qolgan, 2 mingdan ko‘proq uy vayron bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025