Jahon | 12:40 / 05.05.2019
22146
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro harbiylarni AQShning bostirib kirishiga tayyor turishga chaqirdi

Foto: AFP / Venezuelan Presidency

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiylarni AQSh bostirib  kiradigan bo‘lsa mamlakatni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi, deb xabar berdi RT telekanali.

"Agarda Shimoliy Amerika imperiyasi bu muqaddas yerga tajovuz qilishga haddi sig‘adigan bo‘lsa harbiylar mamlakatni qo‘lda qurol bilan himoya qilishga tayyor turishlari shart", — dedi u Koxedes shtatida minglab yosh kadetlar bilan uchrashuvda.

30 aprelda Venesuelada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin muxolifat vakillari o‘z yetakchilari Xuan Guaydo chaqirig‘iga ko‘ra Karakas va boshqa shtatlar ko‘chalariga chiqishdi. Politsiya bilan eng keskin to‘qnashuvlar Karlota aviabazasi yaqinida bo‘lib o‘tgan. Baza yaqinidagi otishmada 6 kishi jabrlangani ma'lum qilingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid