Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV Hindiston va Bangladeshdagi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti Hindistonning Odisha shtati va Bangladeshning qator hududlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.
3 may kuni Hindistonning Odisha shtati va 5 may kuni Bangladeshda katta talofatlarga olib kelgan “Fani” sikloni sodir bo‘ldi. O‘nlab insonlar halok bo‘ldi, ko‘plab binolar vayron bo‘ldi.
“Shu munosabat bilan konsullik-huquqiy deparatamenti Hindiston va Bangladeshning “Fani” sikloni yuz bergan hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga chaqiradi va mamlakatimizning Nyu-Dehlidagi elchixonasining (9111) 24670774, 24670775, 24105640 telefon raqamlarini eslatib o‘tadi”, deyiladi TIV murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, “Fani” sikloni oqibatida Hindistonda 33 kishi, Bangladeshda 12 kishi halok bo‘ldi, xavfli hududdan ikki millionga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025