Alisher Abdualiyev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar qilmoqda.
Alisher Habibullayevich Abdualiyev 1965 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat universiteti (1989 y.)va O‘zbekiston Milliy universitetini (2005 y.) tamomlagan.
Turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha axborot-tahlil departamenti, Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha yig‘ma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasida ishlagan.
Bundan tashqari, u 2012-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi, 2019 yil yanvar oyidan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
10:15 / 23.11.2024
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi tushib bormoqda
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024