Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura: o‘qishga kiritishni va'da qilgan firibgar qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston davlat madaniyat va san'at instituti Nukus filiali talabasi M.A. fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali o‘zi tahsil olayotgan oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, undan 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025