Jahon | 15:20 / 07.05.2019
7403
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada migrantlar uchun soxta hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullangan 50dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Foto: RIA Novosti

Rossiya FXX Moskvada migrantlar uchun soxta hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullangan 50dan ortiq kishini qo‘lga oldi, deb xabar berildi maxsus xizmat matbuot relizida.

Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo fuqarolaridan iborat bo‘lgan guruh noqonuniy migratsiya tashkil etish maqsadida ommaviy ravishda soxta hujjatlar, blankalar va muhrlar tayyorlash bilan shug‘ullangan.

Ular pul evaziga migrantlarning pasportlariga zarur qaydlar qo‘yishgan, soxta milliy pasportlar, migratsion kartalar va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishgan. Migrantlar soxta hujjatlar asosida ro‘yxatga qo‘yilgan.

FXXning xabariga ko‘ra, 25ta manzilda o‘tkazilgan reyd davomida 56 kishi qo‘lga olingan, 11ta “laboratoriya” faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid