Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi maktabda sinflar soni qisqartirilishiga qarshi antiqa yo‘l tutildi
Fransiya sharqidagi Kre-an-Beldon kommunasidagi boshlang‘ich maktablardan birida sinflar qisqartirilishiga qarshi kurash doirasida 15 ta qo‘zichoq o‘quvchilar sifatida maktabga qabul qilindi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.
Sinflarning qisqartirilishi zarurati o‘quvchilarning soni kamayib ketgani bilan tushuntirilgan. Ota-onalar buning oqibatida sinflarda o‘quvchilar sonining oshishi va mos ravishda, ta'lim sifatining yomonlashishi mumkinligidan shikoyat qilishgan.
Shunda mahalliy fermerlardan biri maktabga qo‘ylar podasini olib kelgan va podadan 15 ta qo‘zichoq maktab o‘quvchilari ro‘yxatiga kiritilgan. Ta'kidlanishicha, “yangi o‘quvchilar”ning har birida tug‘ilganlik haqida guvohnoma bor. Ushbu aksiyani mer Jan-Lui Mare qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025