Islomning besh ustuni: Ular haqida nimalarni bilamiz?
“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Islom shartlari” deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni “Mirzo Yusuf” jome masjidi imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy sharhlab berdi.
Video: youtube
Ushbu hadisni Abdulloh ibn Umardan (r.a) Imom Buxoriy va Imom Muslimlar rivoyat qilgan.
Ikkinchi xalifa Umar (r.a)ning o‘g‘illari Abdulloh ibn Umar Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning gaplarini eshitdim deydilar. Islom beshta narsaning ustiga asos bo‘lgan. Bu yerda o‘sha beshta narsa, Islomning ustunlari ekanligi haqida gap ketmoqda. Islom faqat shu beshta narsadangina iborat degani emas bu.
Bulardan biri, avvalambor, “La ilaha ilollohu, Muhammadur rasululloh”, demoq, ya'ni iymon keltirmoq. Iymon degani esa tasdiqlash degani.
Ikkinchisi namozni qoim qilish. Bu yerda “qoim qilish” jumlasi ishlatilyapti. Odatda “namozni o‘qish”, “namozni ado qilish” deganda boshqa so‘zlar ishlatilsa bo‘lardi. Ammo hadisi sharif ham oddiy insoniy so‘z emasligi, balki vahiyning mahsuli ekanligini shu yerdan bilib olsak bo‘ladi. Qoim degani, har bir ruknini joyiga qo‘yib bajarish deganidir. Namoz ana shunday bajariladigan ibodatdir.
Uchinchisi esa zakotni ado qilmoq. Puldor bo‘lgan kishilar yilida bir marta zakotning haqdorlariga mollaridan zakot chiqaradilar. Bu moli nisobga yetgan boylarga farz qilingan amal hisoblanadi.
To‘rtinchisi, yo‘lga qodir bo‘lgan odamlarning haj qilishlari.
So‘nggisi esa Ramazon oyining ro‘zasini tutishi. Ro‘zaning hajdan keyin kelishi, bu islomiy tartib emas, bu hadisda shunday tartib kelgan.
Mana shu beshta amallar Islom dinining asoslari ekan. Albatta bularsiz bo‘lmaydi. Bu ibodatlarni bajargan insonlarning o‘zlari ulardan kelayotgan manfaatni ko‘radi.
Mavzuga oid
22:39 / 11.06.2019
Kim bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh uning ham ayblarini yashiradi
18:51 / 10.06.2019
Musulmon o‘z birodariga zulm qilmaydi, uni xorlamaydi va yolg‘on so‘zlamaydi
19:11 / 08.06.2019
“Kun hadisi”: “Qaysi biringiz bir yomonlikni ko‘rsa, uni qo‘li bilan tuzatsin...”
18:54 / 06.06.2019