Jahon | 20:46 / 09.05.2019
8193
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota bir yil ichida 272 mlrd dollarlik savdoga erishgan ilk yapon kompaniyasi bo‘ldi

Yaponiyaning Toyota avtokonserni yiliga 30 trln iyenlik (272 mlrd dollar) savdo hajmiga erishgan ilk yapon kompaniyasi bo‘ldi. Bundan kompaniyaning 2018 moliyaviy yil (2019 yil 31 martda yakunlangan) uchun hisoboti darak bermoqda.

Toyota ma'lumotlariga ko‘ra, bir yil davomida konsernning savdo hajmi 2,9 foizga o‘sib, 30,23 trln iyenga yetgan. O‘tgan moliyaviy yil davomida kompaniya 10,6 mlnta avtomobil sotgan. Bu esa 2017 yilga nisbatan 1,6 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. Kompaniya 2019 moliyaviy yilda sof daromadini 19,5 foizga oshirib, 2,25 trln iyenga (20 mlrd dollar) yetkazmoqchi.    

Konserning 2018 moliyaviy yildagi daromadi 24,5 foizga kamayib, 1,8 trln iyenni (16,3 mlrd dollar) tashkil qilgan. Bunday salbiy ko‘rsatkichlar investitsiyaviy yo‘qotishlar va aksiyalar narxini pasaytirish trendi bilan bog‘langan. 

Mavzuga oid