Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh ilk bor Shimoliy Koreya kemasini hibsga oldi
AQSh Shimoliy Koreyaning kemasini Pxenyanga qarshi sanksiyalarni buzganlik gumoni bilan hibsga oldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi xabar berdi.
Wise Honest kemasi Shimoliy Koreyadan ko‘mir tashish uchun qo‘llangan. Shimoliy Koreyadan ko‘mir tashilishi BMT va AQSh sanksiyalari ostiga tushgan.
Bu AQSh sanksiyalarni buzgani uchun Shimoliy Koreya kemasini ushlagan birinchi holdir. Ma'lum qilinishicha, AQSh banklari kemaning ta'mirlanishini moliyalashtirishganda sanksiyalarni atayin buzishmagan.
Kemaning musodara qilinishi haqida ariza Manxetten federal sudiga topshirilgan. Kema AQSh hududida hibsga olingan, biroq aynan qayerdaligi ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025