Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng boy odam Oyga qo‘nish uchun qurilma maketini taqdim etdi
9 may, payshanba kuni, milliarder Jyeff Bezos Blue Origin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Oyga qo‘nish uchun kosmik apparat maketini taqdim etdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Qurilma Blue Moon nomi bilan ataldi, u yuk va texnikani Oy yuzasiga yetkazib bera oladi. Xususan, gap golfkar hajmi bilan teng bo‘lgan to‘rtta kichik rover haqida ketmoqda. Bundan tashqari, Blue Moon Oydan sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqara oladi, deya xabar berdi Bezos.
«Biz ishni o‘z muddatida oxiriga yetkaza olamiz, bu uch yil avval boshlanganligimiz sababli ro‘y beradi. Qolish maqsadida Oyga qaytib borish vaqti keldi», - dedi Bezos.
Bezos 55 yoshda, u Amazon rahbari va asoschisi, shuningdek, Blue Origin hamda The Washington Post nashriyot uyi egasi. Forbes jurnaliga ko‘ra, u dunyodagi eng badavlat odam. Mart oyida Bezosning boyligi 131 milliard dollarga baholangan
Mavzuga oid
17:06 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
01:07 / 03.04.2025
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
19:06 / 10.03.2025
Oyga yana bir xususiy kompaniya kosmik apparati qo‘ndi. Ammo missiya 24 soatga bormay yakunlandi
18:13 / 02.03.2025