Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo AQShning Venesuelada harbiy operatsiya o‘tkazishiga rozi bo‘lishi mumkinligini bildirdi
Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo AQSh tomonidan harbiy aralashuv bo‘lishiga rozilik berishi mumkinligini bildirdi.
"Agarda aralashuv inqirozni hal qiladigan bo‘lsa, balki unga rozi bo‘lishim mumkin", – dedi u Italiyaning La Stampa gazetasiga bergan intervyusida.
"Bu imkoniyatlardan biri. Biz saylovlar yo‘lini tanladik, ammo xalq aziyat chekmoqda va biz bunga mos ravishda barcha variantlarni ko‘rib chiqishimiz lozim", - dedi Guaydo.
Venesuelada 21 yanvar kuni prezident Maduroga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi. AQSh boshchiligidagi qator G‘arb davlatlari Guaydoni vaqtinchalik prezident deb tan oldi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa davlatlar Maduroni qo‘llab-quvvatladi.
30 aprel kuni muxolifat davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urindi. Ammo bu urinish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025